fbpx Betguru » O’Rayli: «Qon hidini oldik. Endi APLda ham chempion bo’lishimizga ishonamiz»
Saturday, 28 March 2026
← Go to the news

O’Rayli: «Qon hidini oldik. Endi APLda ham chempion bo’lishimizga ishonamiz»

«Man Siti» futbolchisi Liga kubogidagi g’alaba mavsumning qolgan qismi uchun muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

O’Rayli: «Qon hidini oldik. Endi APLda ham chempion bo’lishimizga ishonamiz»

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Niko O’Rayli «shaharliklar» «Arsenal» bilan APL chempionligi uchun kurashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Yakshanba kuni Pep Gvardiola jamoasi Angliya liga kubogi finalida londonliklarni 2:0 hisobida mag’lub etdi, O’Rayli dublga erishdi.

APLda «Man Siti» «to’pchilar»dan 9 ochko orqada, ammo zaxirasida bir o’yini bor.

«Doim qon hidini sezamiz. O’zimizga ishonamiz, bu ishni uddalashimiz mumkinligini bilamiz. Ular bizning maydonimizga kelishlari kerak, va «Etihad» oson joy emas. Biz imkoniyatni his qilyapmiz va shu ruhda davom etishimiz kerak.

Finaldagi g’alaba biz uchun katta ahamiyatga ega, ritmni oldik va endi shunchaki olg’a harakat qilamiz. Albatta, bu — raqib uchun katta zarba. Ular ham biz kabi barcha sovrinlarni qo’lga kiritishga intilishdi», – dedi O’Rayli CBS Sports Golazo efirida.

image