fbpx Betguru » Neymar yil oxirigacha faoliyatini yakunlashi mumkinligini istisno qilmadi
Wednesday, 25 February 2026
← Go to the news

Neymar yil oxirigacha faoliyatini yakunlashi mumkinligini istisno qilmadi

Uning klub bilan amaldagi bitimi 2026 yilning oxirida yakuniga yetadi.

Neymar yil oxirigacha faoliyatini yakunlashi mumkinligini istisno qilmadi

«Santos» hujumchisi Neymar 2026 yil oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin.

«Bundan keyin nima bo’lishini bilmayman, balki dekabr oyida futbolchilik faoliyatimni yakunlashim ham mumkin. Yuragim nima deyishini ko’ramiz», — dedi Neymar Cazé TV telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o’tamiz, 34 yoshli futbolchi 2025 yilning yanvaridan beri «Santos» safida to’p tepib keladi. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2026 yilning oxirida yakuniga yetadi.

Futbolchi yozda bo’lib o’tadigan jahon chempionatida ishtirok etishni xohlamoqda. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor narxi 10 mln yevroni tashkil etadi.

Avvalroq Neymar Paulista chempionati doirasidagi «Velo Klub»ga (6:0) qarshi bahsda assistni o’z hisobiga yozdirib qo’ygandi.

image