fbpx Betguru » «Milan» A Seriyada 18 o‘yindan beri yutqazmayapti
Tuesday, 20 January 2026
← Go to the news

«Milan» A Seriyada 18 o‘yindan beri yutqazmayapti

Allegri shogirdlari «Fiorentina» bilan durangdan so‘ng ham muvaffaqiyatli seriyani davom ettirdi.

«Milan» A Seriyada 18 o‘yindan beri yutqazmayapti

Massimiliano Allegri boshchiligidagi «Milan» Italiya A Seriyasida mag‘lubiyatsiz seriyasini 18 uchrashuvga yetkazdi. 20-tur doirasida «rossonerilar» «Fiorentina» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvning 90-daqiqasida Kristofer Nkunku jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi.

8 yanvar kuni ham «Milan» «Jenoa»ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda ochko saqlab qolgan edi — 92-daqiqada Rafael Leau gol urib, hisobni tenglashtirgandi (1:1).

Milanliklar chempionatda avgust oyidan beri yutqazmay kelmoqda. Mavsumning ilk turida mag‘lub bo‘lgan jamoa shundan so‘ng 11 ta g‘alaba va 7 ta durang qayd etdi.

«Milan» keyingi turda, 15 yanvar kuni «Komo»ga qarshi maydonga tushadi.

image