← Go to the news
23.04.2026
2
Futbol
Mbappe uzoq masofadan urilgan gollar bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi
Fransiyalik hujumchisi Yevropada ham yetakchiga aylandi.
Mbappe uzoq masofadan urilgan gollar bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi
«Real» hujumchisi Kilian Mbappe La Liga 33-turi doirasida «Alaves»ga qarshi bahsda (2:1) gol urib, yangi shaxsiy rekord o‘rnatdi.
Bellashuvning 30-daqiqasida jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan zarba (rikoshet orqali) golga aylangan va bu Mbappe uchun joriy mavsumdagi uzoq masofadan urilgan 8-gol bo‘ldi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, ushbu natija nafaqat futbolchining shaxsiy rekordi, balki top-5 Yevropa ligalari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich ham hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Mbappe ushbu mavsum «Real» safida barcha turnirlarda 40 ta bahsda maydonga tushib, 41 gol va 6 assist qayd etgan.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan