fbpx Betguru » Marokash termasi hujumchisi Afrika Kubogi finalida jarohat oldi va JCHni o’tkazib yuborishi mumkin
Friday, 23 January 2026
← Go to the news

Marokash termasi hujumchisi Afrika Kubogi finalida jarohat oldi va JCHni o’tkazib yuborishi mumkin

«Lill» hujumchisi Xamza Igaman Afrika millatlar Kubogi finalida Senegalga qarshi bahsda jiddiy jarohat oldi.

Marokash termasi hujumchisi Afrika Kubogi finalida jarohat oldi va JCHni o’tkazib yuborishi mumkin

Natijada, futbolchi bo’lajak jahon chempionatini o’tkazib yuborishga majbur bo’lishi mumkin.

23 yoshli futbolchi finalda zaxiradan maydonga tushdi va 7 daqiqa harakat qildi.

Ma’lumot uchun, final bahsida Senegal 1:0 hisobida zafar quchdi.

«O’tkazilgan tibbiy tekshiruvlar futbolchi jarohati jiddiy ekanligini tasdiqladi. Xamza Igaman o’ng oyoq tizzasi xochsimon bog’lamini shikastlab olgan», — deyiladi «Lill» e’lonida.

image