fbpx Betguru » Mane Afrika Millatlar kubogida boshqa o’ynamasligini ma’lum qildi
Friday, 23 January 2026
← Go to the news

Mane Afrika Millatlar kubogida boshqa o’ynamasligini ma’lum qildi

Hujumchi 33 yoshda. Keyingi qit’a chempionati esa 2027 yili bo’lib o’tadi.

Mane Afrika Millatlar kubogida boshqa o’ynamasligini ma’lum qildi

Senegal milliy jamoasi va «An Nasr» klubi hujumchisi Sadio Mane Afrika Millatlar kubogida boshqa o’ynamasligini e’lon qildi.

Yakunlangan turnir finalida senegalliklar Marokashni 1:0 hisobida mag’lub etishdi va Mane ikki karra Afrika kubogi sovrindoriga aylandi.

«Afsuski, bu — mening Afrika Millatlar kubogidagi so’nggi «raqsim». Lekin men har doim Senegalni qo’llab-quvvatlaydigan 12-futbolchi bo’lib qolaman», — deya hujumchining so’zlarini keltiradi journalist Lorenz Kohler X ijtimoiy tarmog’ida.

Sadio 33 yoshda. Keyingi Afrika Millatlar kubogi 2027 yilda bo’lib o’tadi.

Mane «Liverpul»dagi o’yinlari bilan tanilgan. U mersisaydliklar safida Angliya chempioni bo’lgan va YCHLda ham zafar quchgan.

image