fbpx Betguru » Levandovski qishda «Al Hilol»ga o’tmaydi
Friday, 9 January 2026
← Go to the news

Levandovski qishda «Al Hilol»ga o’tmaydi

Robert kamida shu mavsum oxirigacha jamoani tark etmoqchi emas.

Levandovski qishda «Al Hilol»ga o’tmaydi

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski qishki transfer oynasida Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubiga o’tmaydi. Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Futbolchining o’zi hozircha «Barselona»da qolish niyatida. Robert kamida shu mavsum oxirigacha jamoani tark etmoqchi emas.

Ma’lumot o’rnida, Levandovski 2022 yildan beri «ko’k-anorranglilar» safida to’p tepib kelmoqda. Bu mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o’z hisobiga yozdirib qo’ydi.

37 yoshli futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi shu yil yozga qadar mo’ljallangan. Avvalroq Levandovski kataloniyaliklar safida qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor ekani ma’lum qilingan edi.

image