fbpx Betguru » Levandovski «Asr chempioni» mukofoti haqida gapirdi
Saturday, 17 January 2026
← Go to the news

Levandovski «Asr chempioni» mukofoti haqida gapirdi

«Barselona» hujumchisi Polshaning nufuzli sovriniga munosabat bildirdi.

Levandovski «Asr chempioni» mukofoti haqida gapirdi

Polsha milliy jamoasi va «Barselona» klubi hujumchisi Robert Levandovski Polshaning eng qadimgi sport nashri — Przegląd Sportowy tomonidan taqdim etilgan «Asr chempioni» maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Futbolchi tantanali gala-kechada videomuloqot orqali nutq so‘zlab, sovrin haqidagi fikrlarini bildirdi.
«Bu noyob mukofot uchun katta rahmat. Ushbu unvon men uchun ulkan sharaf va tanlagan yo‘lim to‘g‘ri bo‘lganining isbotidir. Futbol o‘ynashni boshlaganimda bir kun kelib meni Polsha sportining butun bir asri bilan yonma-yon qo‘yishlarini tasavvur ham qilmagandim.

Bu yutuq — ko‘plab insonlarning mehnati natijasi: murabbiylarim, jamoadoshlarim va har kuni yonimda bo‘lib, meni qo‘llab-quvvatlaydigan odamlar. Buning uchun barchasiga chuqur minnatdorman.

Shuningdek, yillar davomida menga kuch bergan ajoyib muxlislarga ham rahmat aytaman. Ularning energiyasiz futbol shunchaki to‘p ortidan quvish bo‘lib qolardi.

Oilamga ham alohida tashakkur. Uyda men «Asr chempioni» emasman — shunchaki axlat chiqarishi va idish yuvish mashinasini bo‘shatishi kerak bo‘lgan Robertman. Men yana yuz yil o‘ynashni rejalashtirmayman, lekin hozircha nafaqaga chiqish niyatim ham yo‘q», — dedi Levandovski.

image