← Go to the news
21.04.2026
28
Futbol
Lempard Chempionshipda mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
47 yoshli mutaxassis «Koventri»ni 25 yillik tanaffusdan so’ng APLga olib chiqdi.
Lempard Chempionshipda mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
«Chelsi» klubi va Angliya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Frenk Lempard Chempionshipda mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
47 yoshli mutaxassis “Koventri”ni muddatidan oldin APLga olib chiqdi — jamoa 2001 yildan keyin ilk bor Premyer-ligada ishtirok etadi.
Angliya futbol ligasi (EFL — tarkibiga mamlakat chempionatining 2, 3 va 4-divizionlari kiradi) tomonidan o’tkazilgan taqdirlash marosimida Lempard 2025/26 yilgi mavsum uchun Chempionshipning eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilindi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan