Keyn Yevropaning top 5 ligalarida gol + pas bo‘yicha yetakchi
Holand 2-o‘rinda, Olise uchlikni yakunlab beradi.
Keyn Yevropaning top 5 ligalarida gol + pas bo‘yicha yetakchi
«Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn Yevropaning kuchli beshlik ligalarida gol + pas tizimi bo‘yicha eng yaxshi futbolchilar reytingida peshqadamlik qilmoqda.
Angliyalik forvard bu mavsumda jami 36 ta samarali harakatni amalga oshirdi. Ikkini o‘rinda «Manchester Siti» a’zosi Erling Holand (29) joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Keynning jamoadoshi Maykl Olise (28) yakunlab berdi.
Shuningdek, kuchli o‘nlikka quyidagi futbolchilar kirdi: Kilian Mbappe («Real» — 27), Luis Dias («Bavariya» — 26), Brunu Fernandesh («MYU» — 24), Deniz Undav («Shtutgart» — 23), Lamin Yamal («Barselona» — 23), Federiko Dimarko («Inter» — 20) va Igor Tiago («Brentford» — 20).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan