Italiya milliy jamoasi Eron sabab jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin
FIFA qitʼalararo pley-off oʻyinlari oʻtkazish variantini ham istisno etmayapti.
Italiya milliy jamoasi Eron sabab jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin
Eron milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin. Bu haqida The Athletic xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, agar shunday holat yuz bersa, FIFA turli ssenariylarni ko’rib chiqmoqda. Jumladan, tashkilot qitʼalararo pley-off oʻyinlari oʻtkazish variantini ham istisno etmayapti.
Unda Osiyodan 2 ta hamda Yevropadan 2 ta milliy jamoa ishtirok etadi. Bu jamoalar jahon chempionati final bosqichiga saralanmagan jamoalar boʻladi.
Shuningdek, FIFA reytingi yuqori bo’lgani sababli, Italiya milliy jamoasi pley-offda ishtirok etadigan Yevropa jamoalaridan biri bo’lishi ehtimoli yuqori ekani ta’kidlanmoqda. Avvalroq Infantino jurnalistlarga Eronning mundialda ishtirok etishi haqida gapirib o’tgandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan