Ispaniya kubogi. ‘Atletik’ 90+6-daqiqada gol urib, ‘Valensiya’ni turnirdan chiqarib yubordi
‘Real Sosiedad’ ham yarimfinalga chiqdi.
Ispaniya kubogi. ‘Atletik’ 90+6-daqiqada gol urib, ‘Valensiya’ni turnirdan chiqarib yubordi
Ispaniya kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan ikki bahs yakuniga yetdi.
Native Network
‘Atletik’ klubi safarda ‘Valensiya’ bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Umar Sodiq 26-daqiqada avtogolga mualliflik qildi. 35-daqiqada esa u muvozanatni tikladi. 90+6-daqiqada Inyaki Uilyams gol urib, basklarni yarimfinalga olib chiqdi.
‘Real Sosiedad’ ham mehmonda ‘Alaves’ni engib, yarimfinal ishtirokchisiga aylandi.
Ispaniya kubogi. Chorakfinal
Valensiya – Atletik 1:2
Gollar: Sodiq 35 – Sodiq 26 avtogol, Uilyams 90+6
Alaves – Real Sosiedad 2:3
Gollar: Rebbach 8, Martinez 29 penalti – Oyarsabal 15, Gedesh 76, Oskarsson 80
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan