fbpx Betguru » «Inter Mayami» Libertadores kubogida ishtirok etmoqchi
Friday, 23 January 2026
← Go to the news

«Inter Mayami» Libertadores kubogida ishtirok etmoqchi

Klub xo‘jayini tasdiqladi.

«Inter Mayami» Libertadores kubogida ishtirok etmoqchi

«Inter Mayami» klubi egasi Xorxe Mas jamoasining Libertadores kubogida ishtirok etishini xohlamoqda.

Dekabr oyida Lionel Messi o‘ynayotgan klub MLS chempioni bo‘ldi.

«Ha, men KONMEBOL va Alejandro Dominges (tashkilot rahbari) bilan Libertadores kubogida ishtirok etish imkoni haqida suhbatlashganman. Oldin ham shunday tajriba bo‘lgan — Meksika klublari avval turnirda ishtirok etgan. Men chin dildan klubimiz bu turnirda o‘ynashini istayman, bu haqda ochiq aytganman va hozir ham omma oldida gapiryapman. Bu masalani liga ichida (MLS) ham ko‘targanman.

Menimcha, MLS va Liga MX chempionlari bu turnirda qatnashishi lo yiq. Bu KONKAKAF va KONMEBOL o‘rtasidagi munosabatlarga taalluqli masala ekanini tushunaman, ammo fikrimcha, aynan shu yo‘l bilan butun yarimshar miqyosida futbolni rivojlantirish mumkin. O‘ylaymanki, Shimoliy Amerika va Meksika klublari ishtirok etsa, turnir yanada kuchliroq bo‘lardi», — dedi Mas Diario Ole nashriga bergan intervyusida.

image