«Inter» Bastoni o’rniga 3 nafar himoyachi variantini ko’rib chiqmoqda
Alessandro yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.
«Inter» Bastoni o’rniga 3 nafar himoyachi variantini ko’rib chiqmoqda
«Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda Sport esxabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, italyan futbolchisiga Yevropaning top jamoalari qiziqish bildirmoqda. «Neradzurri» rahbariyati Bastoni bilan xayrlashish ehtimoliga qarshi yangi himoyachi qidirishni boshlagan. Italiya grandi qiziqish bildirgan futbolchilar qatorida uch nafar himoyachi bor: Jon Lukumi («Bolonya»), Evan Ndika («Roma») va Alessandro Buongiorno («Napoli»).
Ayni paytda «Inter» A Seriya turnir jadvalida ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda. 29 ta o’yindan so’ng milanliklar 68 ochko to’plashga muvaffaq bo’lgan.
Avvalroq «Inter» Bastoni uchun narxni tushirgani ma’lum qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan