fbpx Betguru » Iniyesta: «Yamalda «Oltin to‘p»ni yutish uchun barcha sifatlar bor»
Thursday, 26 February 2026
← Go to the news

Iniyesta: «Yamalda «Oltin to‘p»ni yutish uchun barcha sifatlar bor»

«Barselona» afsonasi 18 yoshli vingerning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatini baholadi.

Iniyesta: «Yamalda «Oltin to‘p»ni yutish uchun barcha sifatlar bor»
Foto: Getty Images
Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» afsonasi Andres Iniyesta 18 yoshli vinger Lamin Yamalning «Oltin to‘p»ni yutish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

«Muhimi — u rivojlanishda davom etadimi yoki yo‘q. Lamin juda iste’dodli va mehnatkash. «Oltin to‘p» — u uchun ajoyib chaqiriq. Unda bu mukofotni qo‘lga kiritish uchun barcha sifatlar bor», — deya Iniyestaning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi «Oltin to‘p» ovoz berishida Yamal ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Sovrinni fransiyalik vinger Usman Dembele qo‘lga kiritgan.

Ushbu mavsum La Ligada Yamal 21 bahsda maydonga tushib, 10 gol va 9 assist qayd etgan.

image