fbpx Betguru » Gvardiola 2026 yil yozida «Man Siti»ni tark etmoqchi
Monday, 9 February 2026
← Go to the news

Gvardiola 2026 yil yozida «Man Siti»ni tark etmoqchi

Xosep Gvardiola mavsum yakunida «Manchester Siti»dan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Gvardiola 2026 yil yozida «Man Siti»ni tark etmoqchi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2026 yil yozida klubni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» safida mutaxassisning kelajagi borasida hozircha aniq qaror yo‘q. Yakuniy qaror mavsum oxiriga yaqin qabul qilinishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, agar ispaniyalik murabbiy dastlabki qarorini o‘zgartirib, klubda qoladigan bo‘lsa ham, 2027 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasini uzaytirishi ehtimoli past.

Ayni paytda «Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasida 24 ta bahsdan keyin 47 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, jamoa Chempionlar ligasi 1/8 finaliga, Angliya Liga kubogi finaliga hamda mamlakat kubogi 1/16 finaliga yo‘l olgan.

Gvardiola 55 yoshda. U «Manchester Siti»ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida klub 6 marta Angliya chempioniga aylangan, 2 bor Angliya kubogini, 4 marta Liga kubogini va 3 bor Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan. 2023 yilda «Manchester Siti» Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

image