fbpx Betguru » Fransiya kubogi. «Lion» chorakfinalga yo‘l oldi, Endrikdan gol
Wednesday, 11 February 2026
← Go to the news

Fransiya kubogi. «Lion» chorakfinalga yo‘l oldi, Endrikdan gol

Braziliyalik futbolchi klub safida 5-golini urdi.

Fransiya kubogi. «Lion» chorakfinalga yo‘l oldi, Endrikdan gol

Fransiya kubogi 1/8 finalida «Lion» klubi o‘z maydonida «Laval»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Sherlar» safida gollar Endrik (80-daqiqa) va Afonso Moreyra (90+4-daqiqa) hisobiga yozildi.

Braziliyalik hujumchi «Lion» safida barcha turnirlar doirasida 5 ta o‘yinda 5 ta gol urdi.

Fransiya kubogi. 1/8 final
Lion – Laval 2:0
Gollar: Endrik 80, Moreyra 90+4.
Lion – Deskamp, Hatebor (Hamdani, 79), Mata, Niakate, Abner, Nartey, Morton (Tessmann, 79), Merah, Karabek (Moreyra, 63), Endrik, Shults.

image