fbpx Betguru » Frank — «Tottenhem» tarixidagi eng yomon murabbiyi
Monday, 16 February 2026
← Go to the news

Frank — «Tottenhem» tarixidagi eng yomon murabbiyi

«Tottenhem»ning APLdagi g’alabasiz seriyasi ham 8 o’yinga yetdi.

Frank — «Tottenhem» tarixidagi eng yomon murabbiyi
Фото: Getty Images
«Tottenhem» klubi bugun, 11 fevral kuni bosh murabbiy Tomas Frankni iste’foga chiqarganini e’lon qildi.

Opta Sport nashri xabar berishicha, daniyalik 52 yoshli mutaxassis APL doirasida kamida 5 o’yin o’tkazgan murabbiylar orasida eng yomon natijani qayd etgan.

Frank boshchiligida «taqachilar» Angliya Premer-ligasida 26 ta o’yin o’tkazib, atigi 29 ochko jamg’argan. Bu o’rtacha hisobda har bir o’yinga 1,12 ochko demakdir. Bu raqamlar tarixidagi eng past ko’rsatkich hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, «Tottenhem»ning APLdagi g’alabasiz seriyasi ham 8 o’yinga yetdi.

image