«Fenerbahche» Kante transferi uchun Turkiya prezidenti Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi
Fransiyalik yarimhimoyachining transferi amalga oshishda hujjatlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi.
«Fenerbahche» Kante transferi uchun Turkiya prezidenti Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi
«Fenerbahche» prezidenti Sadettin Saran Ngolo Kante transferini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatgani uchun Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi.
Fransiyalik yarimhimoyachi hujjatlar bilan bog‘liq muammolarga qaramasdan, «Al Ittihod» klubidan Turkiya jamoasiga qo‘shildi.
«Klubimiz jahon futbolining eng nufuzli futbolchilaridan biri bo‘lgan Ngolo Kante transferini muvaffaqiyatli yakunladi. Shaxsan o‘z nomimdan va klubimiz nomidan, ushbu jarayonning muvaffaqiyatli yakunlanishiga katta hissa qo‘shgani, bu esa nafaqat «Fenerbahche», balki butun Turkiya futbolining rivojiga xizmat qilishi uchun, prezidentimiz Rajab Toyib Erdo‘g‘anga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Shuningdek, butun jarayon davomida «Fenerbahche»ning buyuk muxlislarining o‘z klubiga bo‘lgan ishonchi, ularning kuchli qo‘llab-quvvatlashi va bag‘ishlagan ishonchi biz uchun eng katta motivatsiya hamda kuch manbai bo‘ldi. Endi bu kuchni maydonda namoyon etib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlash vaqti keldi.
Biz birga ishonamiz, birga kurashamiz va birga muvaffaqiyatga erishamiz», — deyiladi Saranning bayonotida.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan