fbpx Betguru » Eron Proligasi. Sergeev gol urgan bahsda «Persepolis» mag’lub bo’ldi
Wednesday, 25 February 2026
← Go to the news

Eron Proligasi. Sergeev gol urgan bahsda «Persepolis» mag’lub bo’ldi

O’runov 59-daqiqada zaxiradan o’yinga qo’shildi.

Eron Proligasi. Sergeev gol urgan bahsda «Persepolis» mag’lub bo’ldi

Eron Proligasining 22-turi doirasida «Persepolis» o’z maydonida «Heybar»ga qarshi o’ynadi.

Bellashuv 2:1 hisobida mehmonlarning g’alabasi bilan yakuniga yetdi. «Persepolis» safida yagona gol Igor Sergeev hisobiga yozildi. U 89-daqiqada boshi bilan bergan zarbasidan so’ng hisobni qisqartirdi.

Bu bahsda Oston O’runov 59-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, Igor to’liq harakat qildi.

Eron Proligasi. 22-tur
Persepolis — Heybar 1:2
Gollar: Igor Sergeev (89) — Ehson Hussayni (11), Ismoil Boboi (72 pen)

image