fbpx Betguru » Deniz Undav — Bundesligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi
Saturday, 11 April 2026
← Go to the news

Deniz Undav — Bundesligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi

«Shtutgart» hujumchisi yakunlangan oyda chempionat doirasida 4 ta bahsda 5 ta gol urdi.

Deniz Undav — Bundesligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi

Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo’ldi.

Mart yakunlariga ko’ra sovrin «Shtutgart» hujumchisi Deniz Undavga nasib etdi. U ovozlar soniga ko’ra Paul Nebel («Mayns»), Yan Diomande («Leypsig»), Hennes Berens («Haydenhaym»), Konstantinos Kulierakis («Volfsburg») va Igor Matanovichni («Frayburg») ortda qoldirdi.

Germaniya milliy jamoasiga nomzod 29 yoshli forvard o’tgan oyda Bundesligada 4 ta o’yinda 5 ta gol urdi.

image