← Go to the news
01.04.2026
4
Futbol
«Chelsi» Sherkini o’z safiga qo’shib olmoqchi
Uning «shaharliklar» bilan amaldagi bitimi 2030 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
«Chelsi» Sherkini o’z safiga qo’shib olmoqchi
«Manchester Siti»ning hujumkor yarimhimoyachisi Rayyan Sherki faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Transfer News Live xabar berishicha, «Chelsi» fransiyalik 22 yoshli futbolchi uchun jiddiy qiziqmoqda. London klubi yozgi transfer vaqtida unga taklif yuborishni rejalashtirgan.
Futbolchining transfer qiymati 65 million yevroga baholanmoqda. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi bitimi 2030 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
Sherki bu mavsumda APL doirasida 25 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta assistni qayd etdi. «Siti» futbolchini 2025 yilning yozida «Lion»dan sotib olgandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan