← Go to the news
08.01.2026
543
Futbol
«Chelsi» Rojers uchun 150 mln yevro sarflashga tayyor
Futbolchi londonliklarning asosiy transfer maqsadiga aylandi.
«Chelsi» Rojers uchun 150 mln yevro sarflashga tayyor
«Aston Villa» hujumkor yarimhimoyachisi Morgan Rojers «Chelsi»ning asosiy transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxt jamoasi 23 yoshli xavbekni sotib olish uchun juda katta mablag’ ajratishga tayyor. Yaqin vaqt ichida «Chelsi» «Aston Villa»ga taxminan 150 million yevro miqdorida taklif yuboradi.
Ma’lumot o’rnida, bu mavsum Rojers barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 27 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq «Aston Villa» Rojers bilan shartnomani uzaytirgani ma’lum qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan