fbpx Betguru » Bernardu Silva faoliyatida ilk bor Chempionlar Ligasida qizil kartochka oldi
Thursday, 19 March 2026
← Go to the news

Bernardu Silva faoliyatida ilk bor Chempionlar Ligasida qizil kartochka oldi

Bu haqda Squawka xabar berdi.
Bernardu Silva faoliyatida ilk bor Chempionlar Ligasida qizil kartochka oldi

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi va sardori Bernardu Silva UYEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi Madridning «Real» jamoasiga qarshi bahsning (1:2) 21-daqiqasida jamoadoshlarini kamchilikda qoldirdi. Bu futbolchining ushbu musobaqadagi ilk chetlatilishi bo‘ldi. «Qaymoqranglilar» bilan o‘yin xavbek uchun YeCHLdagi 104-bahsga aylandi.

Birinchi to‘qnashuvda «Real» «Manchester Siti» ustidan yirik hisobda (3:0) g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi bahsda minimal ustunlikka erishishdi (2:1).

Chempionlar Ligasi ushbu mavsum finali Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi o‘yin 2026 yilning 30 mayiga belgilangan.

image