«Barsa»da qolaman deb o’ylagandim» — Figu «Real»ga transferi qanday amalga oshganini aytib berdi
Portugaliyalik sobiq yarimhimoyachining 2000-yilda Kataloniya klubidan azaliy raqib safiga o’tgani shov-shuv bo’lgan.
«Barsa»da qolaman deb o’ylagandim» — Figu «Real»ga transferi qanday amalga oshganini aytib berdi
Portugaliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Luis Figu 2000-yil yozida «Barselona»dan «Real»ga o’tgani haqida fikr bildirdi.
Transfer haqida
«Agentim menga qo’ng’iroq qilib, «Real» prezidentligiga nomzodlardan biri shartnomamdagi tovon pulini to’lashni xohlayotganini aytdi. O’sha paytda bu 60 million yevro edi — 2000-yilda aqlga sig’maydigan mablag’ bo’lib tuyulardi. Ammo u faqat nomzod edi, mening amaldagi shartnomam bor edi va milliy jamoaga e’tibor qaratgandim. Agentimga uni tinglashini aytdim va «Barselona» prezidentiga xabar berdim. U esa: «Pulni olib kelishsin», deb javob qildi. U buni blef deb o’ylagandi.
«Barselona» moliyaviy jihatdan qiyin davrni boshdan kechirayotgan edi va, o’ylaymanki, ular yetakchi o’yinchilardan birini sotishni istagan. Men ta’tilga ketdim va vaziyat tobora jiddiy tus ola boshladi.
Intervyu berib, ketmasligimni aytganim xatolik bo’ldi, chunki o’sha paytda haqiqatan ham qolaman deb o’ylagandim. Bu xato edi. Ammo jarayon qor to’pi kabi tez sur’atda kattalasha boshladi. Florentino Peres bilan faqat uning saylovdagi g’alabasi kuni tanishdim va mas’uliyatni o’z zimamga olish uchun Lissabonga yo’l oldim. Va hayotim abadiy o’zgardi».
«Kamp Nou»da raqib sifatida birinchi o’yin haqida
«Mening vazifam o’yinga tayyorgarlik ko’rish edi. Bu transferning ramziy ahamiyatini tushunardim, ammo maxsus tayyorgarlik qilmagamman.
Eng yoqmagan jihat — Barselona matbuoti tomonidan ko’tarilgan va holatni yanada og’irlashtirgan kampaniya bo’ldi. O’sha paytda atigi bir yoshda bo’lgan qizimning surati tushirilgan plakatlar ham bor edi. Ular barcha chegaralardan chiqib ketishgandi», — dedi Figu.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan