«Atletiko» mag‘lubiyatga qaramay Simeone davridagi rekordni qayd etdi
Madrid klubi «Sevilya»ga qarshi bahsda tarixdagi eng yosh tarkibni tushirdi.
«Atletiko» mag‘lubiyatga qaramay Simeone davridagi rekordni qayd etdi
Madridning «Atletiko» klubi Ispaniya chempionati 31-turida «Sevilya»ga qarshi bahsda rekord qayd etdi.
Diego Simeone shogirdlari safarda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, ushbu bahsda maydonga tushgan boshlang‘ich tarkib murabbiy davridagi eng yosh tarkib sifatida tarixga kirdi.
OptaJose ma’lumotiga ko‘ra, madridliklarning start tarkibi o‘rtacha 23 yosh-u 289 kunni tashkil qilgan. Bu Simeone boshqaruvidagi «Atletiko»ning La Ligadagi eng yosh tarkibi bo‘ldi.
Argentinalik mutaxassis Madrid klubini 2011 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin «Atletiko» 57 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, madridliklar 14-aprel kuni Chempionlar ligasi chorak final javob bahsida o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi. Dastlabki uchrashuvda «Atletiko» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan