«Arsenal» burchak zarbalaridan urilgan gollar bo‘yicha APL rekordini takrorladi
London derbisida «Chelsi» darvozasiga kiritilgan ikki gol tarixiy natijaga olib keldi.
«Arsenal» burchak zarbalaridan urilgan gollar bo‘yicha APL rekordini takrorladi
Angliya Premyer-ligasining 28-turi doirasidagi London derbisida «Arsenal» «Chelsi» (2:1) darvozasiga burchak zarbalaridan ikki bor gol urdi.
21-daqiqada Bukayo Saka tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasidan so‘ng Gabriel Magalyayesh bosh bilan to‘pni uzatdi va Vilyam Saliba yaqin masofadan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida esa Deklan Rays uzatgan burchak zarbasidan keyin Yurriyen Timber darvozani aniq ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, «to’pchilar» ushbu mavsum APLda burchak zarbalaridan kiritilgan gollar sonini 16 taga yetkazdi va liga rekordini takrorladi.
Avvalroq bunday natija 1992/93-yilgi mavsumda «Oldhem», 2016/17-yilgi mavsumda «Vest Bromvich» hamda 2023/24-yilgi mavsumda yana «Arsenal» tomonidan qayd etilgan edi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan