AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi viza olish uchun hujjat topshirgan milliy jamoa a’zolari suratini e’lon qildi
Kengaytirilgan tarkibdagi barcha 55 o’yinchi viza oladi, yakunda ularning 26 nafari mundialga yo’l oladi.
AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi viza olish uchun hujjat topshirgan milliy jamoa a’zolari suratini e’lon qildi
O’zbekiston milliy jamoasi futbolchilari Jahon chempionati oldidan viza olish uchun Toshkentdagi AQSH elchixonasiga borishdi.
«Shu yozda Qo’shma Shtatlarda bo’lib o’tadigan JCH-2026ga yo’l olayotgan O’zbekiston milliy futbol jamoasini AQSH Elchixonasida qabul qilishdan mamnun bo’ldik. Elchi Jonatan Henik jamoani shaxsan kutib olib, turnirda omad tiladi.
Va albatta, biz bir nechta dastxat olish imkoniyatini qo’ldan boy bermadik!» — deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, milliy jamoaning kengaytirilgan tarkibidan 55 o’yinchi o’rin olgan va ularning barchasi viza olish uchun hujjat topshirishdi. Ammo mundial uchun yakuniy tarkibga ular orasidan faqat 26 kishi saralab olinadi
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan