fbpx Betguru » APL. «Arsenal» derbida «Chelsi»ni mag’lub etib, yetakchiligini mustahkamladi (videosharh)
Monday, 2 March 2026
← Go to the news

APL. «Arsenal» derbida «Chelsi»ni mag’lub etib, yetakchiligini mustahkamladi (videosharh)

O’yindagi barcha gollar burchak zarbalaridan so’ng urildi.

APL. «Arsenal» derbida «Chelsi»ni mag’lub etib, yetakchiligini mustahkamladi (videosharh)

Angliya chempionatining 28-turidan o’rin olgan markaziy bahsda «Arsenal» «Chelsi» ustidan g’alaba qozondi. Bellashuvdagi barcha gollar burchakdan uzatmalardan so’ng urildi.

Arteta jamoasi ochkolarini 64 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi. 2-o’rindagi «Manchester Siti»da 59 ochko va bir zaxira o’yini bor. «Chelsi» esa 45 ochko bilan 6-pog’onada qoldi.

APL. 28-tur
Arsenal — Chelsi 2:1
1 mart, «Emirates»
Gollar: Saliba (21), Timber (66) — Hinkapi (45+2, avtogol).
Arsenal — Raya, Gabriel, Saliba, Timber, Hinkapi, Rays (Nyorgor, 76), Subimendi, Eze, Saka, Trossar (Martinelli, 55), Gokeresh (Haverts, 76).
Chelsi — Sanches, Chaloba, Sarr (Adarabioyo, 90), Hato (Gusto, 75), Jeyms, Santos (Lavia, 75), Kaysedo, Fernandes (Delap, 86), Netu, Palmer (Garnacho, 86), Pedro.
Ogohlantirishlar: Palmer (59), Hato (65), Netu (67), Gabriel (75), Fernandes (79).
Chetlatish: Netu (70).

image