← Go to the news
10.04.2026
84
Futbol
Alisson Italiyaga yo’l olishi mumkin
«Yuventus» braziliyalik posbonga 3 yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Alisson Italiyaga yo’l olishi mumkin
«Liverpul» darvozaboni Alisson Italiyaga yo’l olishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 33 yoshli posbonni o’z safiga qo’shib olishni Turnning «Yuventus» klubi istamoqda. Alissonning o’zi ham kelasi yozda «zebralar» safiga o’tishga tayyor.
Italiya grandi braziliyalik darvozabonga 3 yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Qayd etish lozim, Alisson A Seriyada o’ynashga ulgurgan, u Rimning «Roma» jamoasida to’p tepgan.
Avvalroq Alissonning mavsum oxirigacha safga qaytmasligi ma’lum qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan