fbpx Betguru » A Seriyaning eng koʻp maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari maʼlum qilindi
Thursday, 9 April 2026
← Go to the news

A Seriyaning eng koʻp maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari maʼlum qilindi

Oʻyinchilar orasida Vlahovich 1-oʻrinda.

A Seriyaning eng koʻp maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari maʼlum qilindi

Fransiyaning LʻEquipe nashri A Seriyaning eng koʻp maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari reytingini tuzdi.

Oʻyinchilar orasida 1-oʻrinda “Yuventus” forvardi Dushan Vlahovich turadi. U oyiga 1,85 million yevro oladi.

Top-5 quyidagicha:

  1. Dushan Vlahovich (“Yuventus”) – oyiga 1,85 mln yevro;
  2. Lautaro Martines (“Inter”) – 1,39 mln yevro;
  3. Paulo Dibala (“Roma”) – 1,08 mln yevro;
  4. Nikolo Barella (“Inter”) – 1 mln yevro;
  5. Hoqon Chalxonoʻgʻli (“Inter”), Jonatan Devid (“Yuventus”), Kevin de Bryuyne (“Napoli”) – 930 ming yevro.

Murabbiylar orasida esa eng koʻp maosh Antonio Kontega (“Napoli”, oyiga 1,3 mln yevro) beriladi. Uchlikdan Massimiliano Allegri (“Milan”) va Jan Piyero Gasperini (“Roma”) oʻrin olgan — 800 ming yevrodan.

Avvalroq APL hamda La Liganing eng koʻp maosh oluvchi oʻyinchilari roʻyxati eʼlon qilingandi.

image