fbpx Betguru » A Seriya. «Sassuolo» bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay «Atalanta»ni mag‘lub etdi
Monday, 2 March 2026
← Go to the news

A Seriya. «Sassuolo» bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay «Atalanta»ni mag‘lub etdi

Mezbonlar erta qizil kartochkaga qaramasdan sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritdi.

A Seriya. «Sassuolo» bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay «Atalanta»ni mag‘lub etdi

Italiya A Seriyasining 27-turi doirasida «Sassuolo» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi va 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv mezbonlar uchun murakkab boshlandi. 16-daqiqada Andrea Pinamonti qo‘pol harakati sabab to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, «Sassuolo» deyarli butun bahs davomida bir futbolchiga kam bo‘lib o‘ynadi.

Shunga qaramay, mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi — burchak zarbasidan keyin Ismael Kone aniq zarba yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limda esa qarshi hujum vaqtida Kristian Torstvedt uzoq masofadan gol urib, ustunlikni oshirdi.

«Atalanta» faqat 88-daqiqada Davide Zappakosta uzatmasidan so‘ng Yunus Musa tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni qisqartira oldi.

Mazkur natijadan so‘ng «Atalanta» turnir jadvalida 45 ochko bilan 7-o‘rinda qolmoqda, «Sassuolo» esa 38 ochko to’plab, raqibidan keyingi pog‘onani egallab turibdi.

A Seriya. 27-tur
Sassuolo – Atalanta 2:1
Gollar: Kone 23, Torstvedt 69 – Musa 88
Chetlatish: Pinamonti 16

Sassuolo: Murich, Kulibali, Idzes, Muharemovich, Garsiya, Kone (Doig, 89), Matich (Nzola, 73), Torstvedt, Berardi (Lipani, 73), Pinamonti, Loriente (Fadera, 74).
Atalanta: Karnesekki, Skalvini, Jimsiti (Xin, 76), Kolashinats, Bellanova (Krstovich, 46), De Ron, Pashalich, Bernaskoni (Zappakosta, 46), Samarjich, Zalevski (Musa, 67), Skamakka (Sulemana, 46).

image