fbpx Betguru » A Seriya. «Inter» «Komo» maydonida ikki to’p farqidagi mag’lubiyatni g’alabaga aylantirdi (videosharh)
Wednesday, 15 April 2026
← Go to the news

A Seriya. «Inter» «Komo» maydonida ikki to’p farqidagi mag’lubiyatni g’alabaga aylantirdi (videosharh)

Tyuрам va Dumfrisning dubli evaziga kambek qilgan Kivu jamoasi yetakchiligini mustahkamladi.

A Seriya. «Inter» «Komo» maydonida ikki to’p farqidagi mag’lubiyatni g’alabaga aylantirdi (videosharh)

Italiya chempionatining 32-turidan o’rin olgan markaziy bahsda «Komo» peshqadam «Inter»dan ikki to’p farqi bilan ustun kelayotganiga qaramay, yakunda mag’lubiyatga uchradi. Milanliklardan Tyuram va Dumfris dublga erishdi.

«Inter» ochkolarini 75 tagacha yetkazdi va endi 2-o’rindagi «Napoli»ni 9 ochkoga ortda qoldirmoqda. Fabregas jamoasi esa 58 ochko bilan 5-pog’onaga tushdi.

A Seriya. 32-tur
Komo — Inter 3:4
12 aprel, «Juzeppe Sinigallya»
Gollar: Valle (36), Pas (45), da Kunya (88, penalti) — Tyuram (45+2, 49), Dumfris (59, 72).
Komo — Butes, van der Brempt (Smolchich, 67), Karlos (Ramon, 46), Kempf, Valle (Moreno, 80), Roberto (da Kunya, 46), Perrone, Diao (Morata, 80), Pas, Baturina, Duvikas.
Inter — Sommer, Akanji, Acherbi, Bastoni (Augusto, 46), Dumfris, Barella (Mxitaryan, 78), Chalxano’g’li, Zelinski (Suchich, 56), Dimarko (Enrike, 56), Esposito (Bonni, 56), Tyuram.
Ogohlantirishlar: Valle (25), Zelinski (53), Diao (59), Chalxano’g’li (69), Acherbi (79), Augusto (83), Bonni (87), Ramon (90+2), Akanji (90+7).

image