← Go to the news

04.07.2025
2
Futbol
“Vilyarreal” “Real” tarbiyalanuvchisini ijaraga oldi
Futbol
4 iyul, 11:23
Himoyachi o‘tgan mavsumni “Napoli”da o‘tkazgandi.
“Vilyarreal” “Real” tarbiyalanuvchisini ijaraga oldi
Foto: Villarreal CF
Rafa Marin yangi mavsumni “Vilyarreal”da o‘tkazadi.
Ispan klubi “Napoli” himoyachisini ijaraga olganini ma’lum qildi. Shuningdek, “sariq suvosti kemasi” 23 yoshli futbolchini sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritdi.
Marin “Napoli”ga 2024 yil yozida “Real”dan kelib qo‘shilgandi. U o‘tgan mavsumda A Seriyada atigi 4 o‘yinda maydonga tushdi va neapolliklar bilan skudettoni qo‘lga kiritdi.
Himoyachi La Ligada bunga qadar “Alaves” tarkibida harakat qilgan va 2023/24 yilgi mavsumda 30 ta o‘yin o‘tkazgan.
Avvalroq “Vilyarreal” Rafaning transferi uchun qancha pul to‘lashi xabar qilingandi.