fbpx Betguru » Turkiya kubogi. «Bashakshehir» «Galatasaroy»ga yutqazdi, Shomurodov va Fayzullayev maydonga tushdiEldor qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Abbos zaxiradan qo’shildi.
Wednesday, 24 December 2025
← Go to the news

Turkiya kubogi. «Bashakshehir» «Galatasaroy»ga yutqazdi, Shomurodov va Fayzullayev maydonga tushdiEldor qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Abbos zaxiradan qo’shildi.

Turkiya kubogi. «Bashakshehir» «Galatasaroy»ga yutqazdi, Shomurodov va Fayzullayev maydonga tushdi
Foto: Basaksehir
Turkiya kubogida 1-tur bahslari davom etmoqda.

A guruhida «Galatasaroy» «Bashakshehir»ni qabul qilib, minimal hisobda g’alaba qozondi. Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Yarimhimoyachi Abbos Fayzullayev esa zaxiradan tushirildi.

Turkiya kubogi. A guruhi. 1-tur
Galatasaroy — Bashakshehir 1:0
18 dekabr, «Ramz Park»
Gol: Kutuju (22).
Galatasaroy — Guvench, Unyay, Bardakchi (Sanches, 46), Sara, Gundo’g’an (Torreyra, 46), Gurpuz (Akgun, 72), Ikardi, Karatash, Kutuju (Demir, 84), Sane (Yilmaz, 46), Shallai.
Bashakshehir — Shengeler, Brnich (Harit, 74), Gurler, Kalujinski, Bulut, da Koshta (Zelke, 74), Yildirim, O’zdemir (Ergun, 63), Opoku, Shahiner (FAYZULLAYEV, 63), SHOMURODOV (Ebosele, 64).
Ogohlantirishlar: Shallai (27), Kutuju (40), Unyay (78).

image