← Go to the news
15.05.2025
98
Futbol
Son Keynning ilk sovrini haqida: «Uni xuddi oila a’zolarimdan biri g‘olib bo‘lgandek quvonch bilan tabrikladim»
«Tottenhem» hujumchisi Son Hyon Min «Bavariya» safida Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritgan Harri Keyn haqida fikr bildirdi.
«Harrining xursand ekanini ko‘rish yoqimli. U mening eng yaqin do‘stlarimdan biri va men uni xuddi oila a’zolarimdan biri g‘olib bo‘lgandek quvonch bilan tabrikladim.
Ushbu ijobiy kayfiyat bilan Keyn Yevropa Ligasi finalida «taqachilar»ni qo‘llab-quvvatlaydi deb umid qilaman», — deya Sonning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany nashri.
Avvalroq «Bavariya» Harrining taqdiriga oydinlik kiritgani ma’lum qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan