Son Heung-min «Tottenhem» muxlislari bilan xayrlashish uchun Angliyaga boradi
U London jamoasini tark etish qarorini Koreyada e’lon qilgani uchun o’sha paytda muxlislar bilan xayrlasha olmagandi.
Son Heung-min «Tottenhem» muxlislari bilan xayrlashish uchun Angliyaga boradi
«Los-Anjeles» forvardi Son Heung-min «Tottenhem»dan ketganidan keyin ilk bor London klubi stadioniga qaytmoqda. U 9 dekabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida kechadigan «Slaviya»ga qarshi o’yin oldidan muxlislar bilan xayrlashadi. Bu haqda «Tottenhem» matbuot xizmati xabar berdi.
«Yozda men uchun juda og’ir bo’lgan ketish qarorini Koreyada e’lon qilganman. Shu bois o’z stadionimizda muxlislar bilan xayrlasha olmadim. 9 dekabr kuni Londonga qaytib, «Tottenhem» muxlislariga 10 yil davomida menga va oilamga ko’rsatgan muhabbat va qo’llab-quvvatlashlari uchun shaxsan minnatdorlik bildirish imkoniyatiga ega bo’laman. Bu hayajonli lahza men va klub uchun juda muhim», — dedi Son klub rasmiy saytiga.
Eslatib o’tamiz, 33 yoshli hujumchisi avgust oyida «Tottenhem»dan «Los-Anjeles»ga 26 mln dollar evaziga o’tgandi.
Ma’lumot uchun, Son 2015–2025 yillarda «shporlar» safida 454 ta o’yin o’tkazib, 173 gol urgani va 101 ta golli uzatma bergani. Shuningdek, 2024/25 yilgi Yevropa ligasida jamoa bilan birga g’olib bo’lgan.
YEChL 5-turidan o’rin olgan «Tottenhem» — «Slaviya» uchrashuvi 9 dekabrdan 10 dekabrga o’tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan