← Go to the news
                 
                
                    
                        
                            
                        
                             
                    
                    
                
            
            
                
    
    
            
         
                
                            15.05.2025
                                                                  216
                                    
                            Futbol
                        Saudiya proligasi. Ronaldu qaydnomaga kiritilmagan bahsda «An Nasr» raqib darvozasiga 9 ta to‘p kiritdi, Manedan poker
Saudiya Arabistoni chempionati 31-turida «An Nasr» safarda «Al Ahdud»ni o‘ta yirik 9:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mehmonlar safida gollarga Mane (poker), Dyuran (dubl), Brozovich, Yahyo va Marran mualliflik qildi.
Shu tariqa, «An Nasr» ochkolarini 63 taga yetkazib, 3-o‘rinda qoldi. «Al Ahdud» esa 28 ochko bilan 17-pog‘onani egallab turibdi.
Saudiya Arabistoni proligasi. 31-tur
Al Ahdud – An Nasr 0:9
Gollar: Yahyo 16, Dyuran 20, 52 (dubl), Brozovich 27, Mane 45+6 (pen), 59, 64, 74, Marran 90+4.
An Nasr: Bentu, Bushal, Al Fatil, Layami, Al G‘annam, Al Sulayhim, Brozovich, Otavio, Mane, Yahyo, Duran.
Ogohlantirishlar: Al Sulayhim 42, Brozovich 68 (ikkalasi An Nasr).
Chetlatish: Vitor 47 (Al Ahdud).
 
                 Deutsch
Deutsch English
English France
France Russian
Russian Turkey
Turkey Uzbekistan
Uzbekistan