
Ronaldu 1000-golini qachon urishi taxmin qilindi
Portugalialik futbolchi faoliyati davomida 948ta gol urgan.
Ronaldu 1000-golini qachon urishi taxmin qilindi
Sky Sports nashri ekspertlari Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 1000-golini qachon urishini bo’yicha taxmin qilishdi.
Qayd etilishicha, portugalialik 40 yoshli futbolchi hozirgidek gol urishda davom etadigan bo’lsa, 2026 yilning oktyabr oyida u faoliyatidagi 1000-golini urishi mumkin.
Tahlilda futbolchining klub, milliy jamoa safida gol urish sur’ati hamda maydonga tushishi mumkin bo’lgan o’yinlar soni asos qilib olindi.
Ma’lumot uchun, futbolchining «An Nasr» bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
Hozirgi kunga qadar faoliyati davomida 948 marotaba gol urgan. Milliy jamoada 143ta, klublar safida 805 bor raqib darvozasini ishg’ol etgan.
Krishtianu bu mavsum «An Nasr» safida 6 uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol hamda 1 golli uzatma muallifiga aylangan.