fbpx Betguru » Roberto Manchini — «As Sadd» bosh murabbiyi
Thursday, 13 November 2025
← Go to the news

Roberto Manchini — «As Sadd» bosh murabbiyi

«Inter», «Manchester Siti», «Zenit» klublari va Italiya milliy jamoasining sobiq ustozi Roberto Manchini «As Sadd»ni boshqaradi.

Insayder Fabrizio Romano yozishicha, 60 yoshli mutaxassis Qatar klubining taklifiga rozilik bergan.

Kelishuvda Manchinining 2026 yil yozida jamoani tark etish huquqiga ega bo’lishi ko’rsatiladi. Rasmiy shartnoma uchun faqat kichik detallari qolgan.

«As Sadd» Qatar yulduzlar ligasida 9 ta o’yindan so’ng 6-o’rinni egallab turibdi va peshqadam «Al G’arafa»dan 8 ochkoga ortda qolmoqda.

Italiyalik murabbiyning so’nggi ish joyi Saudiya Arabistoni milliy jamoasi bo’lgan edi. U arablarni 2023 yil avgustdan 2024 yil oktyabrgacha boshqarib, 18 o’yinda 7 g’alaba qayd etgan.

image