
Rasman: Niko Uilyams «Atletik» bilan shartnomasini uzaytirdi
Futbol
4 iyul, 14:14
Ispaniyalik futbolchi «bask»lar bilan uzoq muddatli kelishuvga erishdi.
Rasman: Niko Uilyams «Atletik» bilan shartnomasini uzaytirdi
FOTO: Getty Images
Ispaniyalik vinger Niko Uilyams «Atletik Bilbao» bilan shartnomasini 2035-yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Nikoning bilbaoliklar bilan tuzgan avvalgi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo’ljallangandi.
Avvalroq «Barselona» Uilyamsning transferi bo’yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Shuningdek, Niko faoliyatini kataloniyaliklar safida davom ettirish maqsadida «Bavariya»ga rad javobini bergani xabar qilingandi.
O’tgan mavsumda Uilyam barcha turnirlarda 45 ta o’yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.