fbpx Betguru » Rasman: Abbosbek Fayzullayev — «Istanbul Bashakshehir» futbolchisi
Monday, 11 August 2025
← Go to the news

Rasman: Abbosbek Fayzullayev — «Istanbul Bashakshehir» futbolchisi

O’zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi yangi klubi bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi.
Rasman: Abbosbek Fayzullayev — «Istanbul Bashakshehir» futbolchisi

O’zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini «Istanbul Bashakshehir»da davom ettiradi. Bu haqda turk klubi matbuot xizmati rasman e’lon qildi.

Manbaga ko’ra, Abbos istanbulliklar bilan 2030 yilga qadar mo’ljallangan shartnoma imzoladi. SSKA Fayzullayev uchun bonuslar bilan birga 7,5 million yevro oladi.

Avvalroq «Istanbul Bashakshehir» Eldor Shomurodov bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli yarimhimoyachi SSKA safida jami 72 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.

image