fbpx Betguru » Qit’alararo kubok. «Al Ahli» Afrika chempioniga yutqazdi va yarimfinalga chiqolmadi
Wednesday, 15 October 2025
← Go to the news

Qit’alararo kubok. «Al Ahli» Afrika chempioniga yutqazdi va yarimfinalga chiqolmadi

Kongolik hujumchi oʼyin taqdirini hal qildi.
Qit’alararo kubok. «Al Ahli» Afrika chempioniga yutqazdi va yarimfinalga chiqolmadi

Qit’alararo kubok chorakfinalida OChL g’olibi «Al Ahli» o’z maydonida Afrikaning o’tgan mavsumdagi eng kuchli klubi «Piramids»ni qabul qilib, mag’lubiyatga uchradi. Mehmonlarning kongolik hujumchisi Mayele het-trikka erishdi.

Shu tariqa Misr klubi markazlashtirilgan formatda o’tadigan yarimfinalga yo’l oldi. Hal qiluvchi bosqichda YChL g’olibi «PSJ», Meksikaning «Krus Asul» klubi va Libertadores kubogi chempioni (hali aniqlanmagan) ham qatnashadi.

Eslatib o’tamiz, musobaqaning amaldagi chempioni «Real» sanaladi.

Qit’alararo kubok. 1/4 final
Al Ahli (Saudiya) — Piramids (Misr) 1:3
23 sentyabr. Jidda. «King Abdulla Sports City»
Gollar: Touni (45, penalti) — Mayele (21, 71, 75).
Al Ahli — Mendi, Abdulrahmon, Demiral, Ibanes, Dams, Atangana (Gonsalvesh, 84), Kessie, Mahrez, Miyo (Albirakan, 68), Galeno, Touni.
Piramids — Ash Shenavi, Chibi, Galal (Gabr, 45+14), Sami, Hamdi, Zalaka (Magdi, 80), Lashin, Ture, Hofiz (Everton, 70), Atef, Mayele.
Ogohlantirishlar: Zalaka (13), Hamdi (86).

image