
Osimhen uchun A Seriya klubi kurashga qo‘shildi
Turinning «Yuventus» klubi «Napoli» hujumchisi Viktor Osimhenni yozgi transferlar oynasida qo‘lga kiritmoqchi. Bu haqda insayder Alfredo Pedulla ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Turik klubi allaqachon Osimhenning agenti bilan transfer borasida jiddiy muzokara olib borgan va kelishuvni davom ettirish uchun yashil chiroq yoqilgan.
Ammo hal qilinishi kerak bo‘lgan yagona muammo — Osimhenning katta maosh talab qilayotgani. Ma’lum bo‘lishicha, «Yuventus» hujumchiga taklif qilganlardan ko‘ra ko‘proq taklif bilan chiqmoqchi.
«Keksa seniora» Osimhenni qo‘lga kiritishdan tashqari yana bir hujumchini jamoaga olib kklmoqchi. Bular, «MYU»dan Rasmus Hoylund va transfer huquqi «PSJ»ga tegishli bo‘lgan Randal Kolo-Muani.
Nigeriyalik hujumchi joriy mavsum «Galatasaroy» safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 8 ta assist amalga oshirdi.