fbpx Betguru » O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Urugvayga mag‘lub bo‘ldi
Wednesday, 15 October 2025
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Urugvayga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonning yagona goli Jiyanov hisobiga yozildi.
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Urugvayga mag‘lub bo‘ldi

Malayziyada O‘zbekiston hamda Urugvay milliy jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning boshida urugvayliklar birin-ketin ikki golga mualliflik qilishdi. Dastlab Fakundo Torres hisobni ochdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Xuan Sanabriya ikkinchi golni urdi.

82-daqiqada Ruslanbek Jiyanov urugvayliklarning himoyadagi xatosidan so‘ng gol urdi.

Shu tariqa, o‘yin 2:1 hisobida Urugvay milliy jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
O‘zbekiston – Urugvay 1:2
Gollar: Ruslanbek Jiyanov 82 – Fakundo Torres 51, Xuan Sanabriya 60
O‘zbekiston: 12.Abdulohid Ne‘matov, 2.Muhammadqodir Hamraliev, 3.Hojiakbar Alijonov (4.Dilshod Saitov,84), 5.Rustam Ashurmatov, 6.Akmal Mozgovoy, 7.Otabek Shukurov ( Ruslan Jiyanov, 60) 10.Azizjon G‘aniev (17.Abdura’uf Bo‘riyev,75), 13.Sherzod Nasrullayev (19.Azizbek Turg‘unboev,65), 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeev,84), 15.Umar Eshmurodov, 20.Hojimat Erkinov (9. Husayn Norchaev, 75)
Urugvay: 12.Franko Isroil, 2.Santiago Bueno, 3.Nicolas Marichal, 5.Emiliano Martinez, 6.Marcelo Saracchi, 7.Kevin Amaro (11.Ignacio Laquintana, 46), 10.Rodrigo Salazar, 13.Federico Vinas, 14.Jose Luis Rodriguez, 18.Juan Manuel Sanabriya, 21.Fakundo Torres (8.Nicolas Fonseca,87)

image