
«Nyukasl» Aaron Ramsdeyl bilan kelishuvga erishdi
Angliyalik darvozabon o’tgan mavsum o’z darvozasida 68 ta to’p olib chiqqan.
«Nyukasl» Aaron Ramsdeyl bilan kelishuvga erishdi
Londonning «Arsenal» klubi sobiq darvozaboni, hozirda «Sautgempton» sharafini himoya qilayotgan Aaron Ramsdeyl faoliyatini «Nyukasl»da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, «qarg’alar» Ramsdeylni bir mavsumga ijaraga olmoqchi. Tomonlar hozirda transfer bo’yicha kelishuvga erishgan.
Qayd etilishicha, «Nyukasl» darvozabonning bir yillik ijarasi uchun «Sautgempton»ga 4 million funt to’laydi.
Ma’lumot uchun, Ramsdeyl 2024 yilning yozida 25 million yevro evaziga «Arsenal»dan «Sautgempton»ga o’tgandi. Biroq bu kelishuv jamoani Chempionship’ga tushib ketishdan qutqara olmadi.