← Go to the news
22.07.2025
338
Futbol
Messi MLSda yana bir rekord o‘rnatdi
“Inter Mayami” hujumchisi ketma-ket ikki mavsumda kamida 5 martadan kun futbolchisiga aylandi.
Messi MLSda yana bir rekord o‘rnatdi
Lionel Messi bu mavsumda MLSda 5-bor kunning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Yakshanba kuni “Inter Mayami” hujumchisi “Nyu-York Red Bulls”ga (5:1) qarshi bahsda dubl va assist qayd etdi.
Shu tariqa, 38 yoshli argentinalik MLS tarixida ketma-ket ikki mavsumda kamida 5 martadan kunning eng yaxshi o‘yinchisiga aylangan ilk futbolchi bo‘ldi.
2024 yilda Messi 6 bor kun futbolchisiga aylanib, 1999 yilda Jeyson Kreys tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorlagandi.
Eslatib o‘tamiz, Leo so‘nggi bahsdagi gollari evaziga penaltisiz kiritilgan to‘plar bo‘yicha Ronaldu ortda qoldirdi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan