fbpx Betguru » Mbappe «Real»dagi debyut mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi
Sunday, 18 May 2025
← Go to the news

Mbappe «Real»dagi debyut mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi

Kilian Mbappe «Real» safida rekord o‘rnatdi.

Hujumchi La Liga 35-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga (3:4) qarshi bahsda het-trikka erishdi.

Natijada fransiyalik futbolchining Madrid klubidagi gollari 39 taga yetdi. U «Real»dagi debyut mavsumidagi gollar soni bo‘yicha avvalroq Krishtianu Ronalduni (33) ortda qoldirgandi.

Klasikodagi gollardan keyin esa Mbappe mutlaq rekordchiga aylandi. U «qaymoqranglilar» tarkibidagi debyut mavsumida 37 bor to‘p kiritgan Ivan Samoranoni (1992/93) ham ortda qoldirdi.

image