«Liverpul» va «Arsenal» Rodrigo uchun kurashmoqda
Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi.
«Liverpul» va «Arsenal» Rodrigo uchun kurashmoqda
«Real» vingeri Rodrigo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caugth Offside nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, «Liverpul» va «Arsenal» jamoalari braziliyalik 24 yoshli futbolchini o’z safiga qo’shib olish uchun kurashmoqda.
O’z navbatida «Real» Rodrigo bilan xayrlashishga tayyor. Biroq madridliklar uning transferidan kamida 85-90 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan.
Bu mavsumda Rodrigo barcha musobaqalarda 15 ta o’yinda ishtirok etib, 2 ta assist muallifi bo’lgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.
Avvalroq «Arsenal» yozda Maynuni sotib olish imkoniyatini ko’rib chiqayotgani xabar qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan