fbpx Betguru » Liga 1. «Lion» 90+1-daqiqada gol urib, g‘alabani ilib ketdi
Tuesday, 28 October 2025
← Go to the news

Liga 1. «Lion» 90+1-daqiqada gol urib, g‘alabani ilib ketdi

Fransiya chempionatining 9-turida «Lion» o‘z maydonida «Strasburg»ni qabul qildi.

Bellashuv 2:1 hisobida «sherlar»ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab 25-daqiqada Panikelli mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 31-daqiqada «Strasburg» futbolchisi Dukure o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 90+1-daqiqada Moreyra «Lion»ning g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Natijada «sherlar» ochkolarini 18 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Strasburg» 16 ochko bilan 7-pog‘onada.

Fransiya chempionati. 9-tur

Lion – Strasburg 2:1

Gollar: Dukure 31 (avtogol), Moreyra 90+1 – Panikelli 25

image